Xizmatlar


Axborot xavfsizligi (AX) ekspertizasi tashkilotlarning kompyuter tizimlarini kamchilik va zaifliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda ularning ish samaradorligini baholash va tashkilotning axborot himoyasini tahlilini tashkil etish maqsadida quidagi ishlarni amalga oshiradi:

Tizimni samarali va to`g`ri ishlashini baholash axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida tashkilotlarning tashabbuslari bilan UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Tashkilot o`z faoliyati doirasida konfidensial ma’lumotlar bilan ishlasa (xodimlar yoki mijozlar ma’lumotlari) AX ekspertizasini o`tkazish o`ta muximdir. Bu turdagi ma’lumotlarni tashqi kirishlardan himoyalash shunchaki extiyotkorlik emas, balki tashkilotning asosiy majburiyatlaridan biridir.

UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan o`tkaziladigan AX ekspertizasi ma’lumotlar muximligi darajasi, konfidensial axborotlarni saqlash ob’ektlarining tahlili va ularni saqlash ob’yektlariga kirish yo`llarini aniqlashni, korporativ muhitda yechilayotgan masalalarni tekshirishni; operatsion tizim, tarmoq xizmatlari protokollari va himoya tizimlari analizini o`z ichiga oladi.

O`tkazilgan, tarmoq va tizim axborot xavfsizligini ekspertizasi asosida, UZINFOCOM Markazi mutaxassislari, tashkilotning axborot resurslari himoyasini kerakli darajaga oshirish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar beradilar. 

AX ekspertizasi quyidagi bosqichlardan iborat: