Biz haqimizda


Mavjud resurlardan samarali foydalanish uchun va axborot tizimlari, Datamarkazda joylashgan mijoz veb-saytlarini va UZINFOCOM Markazi xizmatlari iste'molchilarini ximoyalanganlik darajasini oshirish maksadida, hamda zararli kompyuter xоdisalarigi tezkor chora ko'rish va ularning oqibatlari va sabablarini bartaraf qilish maqsadida UZINFOCOM Markazida CERT (UZINFOCOM Markazining kompyuter xosidisalariga chora ko'rish xizmati) nomi ostida texnik xavfsizlik bo'limi xizmat ko'rsatmoqda. 
 
CERT xizmati Datamarkaz mijozlariga yuqori darajali xizmatlar ko'rsatishga yo'naltirilgan. Bundan tashqari so'rov asosida korxonalar va tashkilotlarning axborot tizimlarini xavfsizligini ta'minlash va ro'y beruvchi kompyuter hodisalarini bartaraf etish va oldini olishda ko'maklashib kelmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki CERT xizmati davlat nazorat organi emas va tekshirishlar natijalari tavsiya harakteriga ega.
 
Ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yhatiga quyidagilar kiradi: 
  • Axborot xavfsizligi ekspertizasini o'tqazish;
  • Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish;
  • Veb-saytni tehnologik xavfsizligini tekshirish;
  • Fayllarni virusdan tekshirish;
  • Serverlardagi axborot xavfsizligi xolati analizi hamda boshqalar.
Xizmatlar to’grisida batafsil ma’lumotlar tegishli bo’limida bilishingiz mumkin.