Veb-saytni texnologik xavfsizligini tekshirishga ariza yuborish


Veb-saytning texnologik auditi o’z ichiga resurs tarkibiga kiruvchi saytning barcha modullari tekshiruvini oladi. Tekshiruv veb-saytning axborot xavfsizligi zaifliklari va tahdidlarini qidirsh va namoyon etish asosida amalga oshiriladi. Bunday zaifliklar mavjud bo’lgan taqdirda UZINFOCOM Markazi hodimlari tezkor ravishda habardor etadilar va resurs himoyalanganligining umumiy darajasini yanada oshirish bo’yicha tavsiyalar beradilar. Bir vaqtning o’zida tahlil qilinayotgan sayt joylashgan serverning axborot xavfsizligi darajasi ham tekshiriladi. Ko’rib chiqish uchun faqatgina UZINFOCOM Datamarkazi va .UZ domen zonasida joylashgan veb-saytlar qabul qilinadi. Tashqi xosting maydonlarida yoki boshqa domen zonalaridagi veb-saytlarning texnologik auditi uchun arizalar “ko’rib chiqilmaydi”.

Ko'rsatilayotgan hizmatning yanada sifatini oshirish maqsadida Sizning korxonangiz tomonidan tekshirish uchun taqdim etilayotgan veb-sayt to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan rasmiy xat elektron nusxasini ilova qilishingiz yoki UZINFOCOM Markazi elektron pochtasiga (info[at]uzinfocom.uz yoki audit[at]cert.uz) yuborishingiz so'raladi.

Xatning namunasi taqdim etilmoqda.

* bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi talab qilinadi.

Kontent ko’rinishi*
Subdomenlarning borligi*
Subdomenlarning nomlanishi
Xat namunasi